Bugun, 24-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Andijon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha qatnashchilarini tadbirda faol ishtirok etishga hamda o‘zlariga mos ish o‘rinlariga ega bo‘lgan holda sohani mukammal egallashga intilishlari muhimligini ta’kidladi.
Mehnat yarmarkasida shahrimizda faoliyat yuritayotgan 40 ga yaqin tashkilot, korxona va muassasalar o‘zlaridagi mavjud 368 tа bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
Yarmarkada qatnashgan 175 nafar bitiruvchilardan 38 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi hamda 10 nafar bitiruvchi mehnat yarmarkasining o‘zida shartnoma asosida ishga joylashdi.