alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA HINDISTONLIK TRANSPLANTOLOGIYA SOHASINING MALAKALI MUTAXASSISLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

21:53 08.04.2023

Joriy yilning 8-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida bir guruh hindistonlik malakali shifokorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Hindistonning “Fortis, Noyda” klinikasi mutaxassislari – transplantolog Furkan Axmad, anesteziolog–Kumar Adesh, mutaxassislar – Vivek VIJ, Singx Pankaj, Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Mirzajonov, institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.Abdullajonov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i F.Rasulov ishtirok etdilar.

Xorijlik mutaxassislar faoliyat yuritadigan “Fortis, Noyda” klinikasi jahondagi nufuzli klinikalar ichida old qatorlarini egallagan bo‘lib, Hindistondagi xususiy keng profilli  tibbiyot markazlari tarmog‘i  hisoblandi, 26 ta shifoxonasi bo‘lib, 4600 dan ortiq koykalariga ega.

Jigar, o‘pka, buyrak va boshqa organlar transplantatsiyasi, onkologiya, neyroxirurgiya, kardiologiya va robotlashgan xirurgiya bo‘yicha dunyoning yetakchi klinikasiga aylangan.

Shu boisdan, uchrashuv davomida ular bilan tajriba almashish, qator yo‘nalishlarda hamkorliklarni amalga oshirish masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bazasida transplantalogiya markazi ochish masalalarini muhokama qilindi. Xorijlik mutaxassislar buyrak va jigar ko‘chirib o‘tkazishda nafaqat transplantolog jarrohlarni, balki operatsiyaga tayyorlov va operatsiyadan keyingi nazorat jarayonlarini olib boradigan barcha turdagi mutaxassislarni tayyorlashda o‘z tajribalari bilan bo‘lishishlarini aytib o‘tdilar. Tomonlar mazkur taklif va muhokamalardan so‘ng, yangi hafta avvalida hamkorlik shartnomasi imzolashga kelishib oldilar. Yakunda, institutimiz tomonidan mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Viloyatimizda hindistonlik shifokorlarning tashrifi bir necha kun davom etadi, ular og‘ir bemorlarga o‘z maslahatlarini beradilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!