Bugun, 21-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Stomatologiya, Xalq tabobati, Farmatsiya yo‘nalishlari bitiruvchi-talabalari uchun “Ish beruvchilar va bitiruvchilar uchrashuvi” o‘tkazildi.
Unda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasidan mas’ullar, doimiy yashash manzili Andijon viloyati bo‘lgan bitiruvchilar, nodavlat stomatologiya poliklinikalari, dorixonalar rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda ta’lim va tibbiyot sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. Bu kabi uchrashuvlar esa yoshlarni o‘zlariga mos ish o‘rinlarini qiyinchiliksiz topishlariga imkon yaratishini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, mas’ullar bitiruvchilarning hozirga qadar ish o‘rniga ega bo‘lganlari xususida ma’lumotlarni taqdim etdi. Tadbirda qatnashayotgan ish beruvchilar tomonidan mavjud ish o‘rinlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar bilan tanishtirib o‘tildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi. Ish beruvchilar bitiruvchilar bilan yakka tartibda muloqot ham o‘tkazdi.