INSTITUTDA “JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA “JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

19:09 17.10.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyat hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi N.Yuldashev, Andijon davlat universiteti katta o‘qituvchisi Y.Jahongirov, institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov ishtirok etdi.

Davra suhbati avvalida talabalar e’tiboriga tinchlikni qadriga yetish, turli xil yolg‘on axborotlarga ishonib, aldanib qolmaslikka doir hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazarovning tinchlikni qadrlash, insonparvarlik, ilm olishga bag‘ishlangan intervyulari aks etgan video roliklari namoyish ertildi.

 

Shundan so‘ng, o‘tkazilgan davra suhbatida jaholat va ma’rifat tushunchalariga batafsil to‘xtalib o‘tilib, ta’riflar berildi. “Har qanday jaholatga qarshi tura oladigan yagona retsept bu – ilm”-deya, ta’rif berdi Y.Jahongirov o‘z nutqida.

Shu o‘rinda dunyoga dong‘i ketgan ajdodlarimizning ilm yo‘lida amalga oshirgan ishlari, erishgan yutuqlari va bu orqali kishilarga ko‘p jihatdan foyda keltirganliklari yorqin misollar yordamida tushuntirib berildi. Talabalar mutaxassislardan mavzu doirasida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!