INSTITUTDA “KITOBXON ONALAR KUNI” BO‘LIB O‘TDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA “KITOBXON ONALAR KUNI” BO‘LIB O‘TDI

19:46 17.01.2024

Bugun, 17-yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Axborot resurs markazida institutning Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Kitobxon onalar kuni” o‘tkazildi.

Tadbir avvalida so‘z olgan Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova farzand tarbiya qilayotgan har bir ayol bilimli bo‘lishi zarurligi va ushbu bilimning asosiy manbai bu kitob ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

  • Ota-onalarning farzand tarbiyasidagi eng muhim jihati bu albatta ularning o‘zlari o‘rnak bo‘lishlaridir. Uyda kitob o‘qishni odat qilgan ota-onalarning farzandlari ham albatta ularga o‘xshashga harakat qiladilar. Bu esa oilaning eng katta yutug‘idir. – dedi, G.Xolmatova.

Tadbir qatnashchilari ham ta’til davrida mutolaa qilgan kitoblariga ta’rif berib shu yuzasidan suhbatlashdi. Shuningdek, kutubxona xodimlaridan o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar  haqida ma’lumotlar oldilar.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!