alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA “MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASI DOIRASIDA IJODIY UCHRASHUVLAR O‘TKAZILDI

22:30 13.05.2024

Bugun, 13-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida talabalarni kitob mutolaasiga jalb qilish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida bir guruh ijodkorlar ishtirokida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda “Do‘stlik” ordeni, “Shuhrat” medali, “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni sohibi, Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro ilmiy akademiya aʼzosi Ahmadjon Meliboyev,  adabiyotshunos, tarjimashunos olim, publitsist, filologiya fanlari nomzodi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Qirgʻiziston Milliy Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro ilmiy akademiyasining faxriy akademigi Zuhriddin Isomiddinov hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, ijodkor Davron Rajab ishtirok etdi.

Mehmonlarni kutib olish tadbirida dastlab, milliy liboslar namoyishi hamda fakultetlarning erishgan yutuqlari va faoliyati ko‘rgazmasi namoyish etildi. Mehmonlar “Andijon polkasi” raqsi bilan ko‘tarinki ruhda qarshi olindi.

“Milliylik namoyishi” doirasida o‘zbekona o‘lan-u, laparlar, milliy o‘yinlari o‘tkazildi. Istitutning iqtidorli talabalari tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida maxsus mulyajlar yordamida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot ko‘rsatildi. Yosh olimlarning yaratgan ixtirolari hamda erishgan yutuqlari aks etgan ko‘rgazma namoyish etildi. Oliygoh talaba-yoshlarida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Kitoblar ko‘rgazmasi” tashkil etildi.

“Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida shoir, yozuvchilar, adiblar hamda institutning talaba-yoshlari ishtirokida ko‘chat ekish marosimi bo’lib o’tdi.

Shundan so‘ng, “Ijodkorlar va talabalar” ijodiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Kunning ikkinchi yarmida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida adiblar bilan uchrashuvlar umumta’lim maktablarida davom etdi. Xo‘jaobod tumanidagi 9-son bolalar musiqa va san’at maktabida, Marhamat tumanidagi 22-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida, Izboskan tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida ijodkorlar hamda maktablarning iqtidorli va isteʼdodli oʻquvchilari o’rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlarga ijodkorlar ishtirokidagi gulxan atrofida o‘tkazilgan ochiq muloqot yakun yasadi. Oqshomning go‘zal pallasida tashkil etilgan gulxan atrofidagi tadbirda iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan she’rlar va badiiy chiqishlar ijro etildi.

 

Maqom amsambli jamoasi tomonidan yangragan kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi va tadbir qatnashchilarini davraga chorladi. Tadbir yakunida faol qatnashchilar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!