Bugun, 24-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi (OAK) raisi A.Yusupov ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda ilmiy–tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilar, doktorant, tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilar qatnashdi.
Uchrashuv avvalida institut rektori M.Madazimov bugungi kunda ilmiy ishlar foizi ortib borayotganligi, yosh olimlar safi kengayib borayotgani haqida aytib o‘tdi.
Oliy Attestatsiya Komissiyasi raisi A.Yusupov ilmiy ishlar bo‘yicha yangiliklar, OAK dan chiqib ketgan jurnallar, yangiliklar haqida ma’lumot berib, tanishtirdi.
Tadbirda so’z olgan professor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, Andijon davlat tibbiyot institutining faxriy rektori M.Xo‘jamberdiyev institutda ilmiy ishlarni himoya qilish uchun yaratilgan imkoniyatlar, yangi laboratoriya uchun jihozlar ko‘paygani, tajriba uchun sharoitlar yaxshi ekanini aytib o‘tdi.
Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.