alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA “OCHIQ ESHIKLAR” KUNI O‘TKAZILDI

17:37 24.11.2023

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023-yil 23-avgustdagi 10-sonli bayonnomasi bilan “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan «Aksilkorrupsiya» oyligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi” tasdiqlangan.

Mazkur oylik doirasida Andijon davlat tibbiyot institutida qator profilaktik tadbirlar tashkil qilib kelinmoqda. Ular qatorida bugun institutda tashkilot, muassasalar tomonidan faoliyatlarda ochiqlikni ta’minlash, korrupsion xavf-xatarlarni oldini olish, ularni bartaraf etish kabi masalalarga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar” kuni ham o‘tkazildi.

Tadbirni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib berdi va korrupsiya illati, uni oldini olishda birdam harakat qilish muhimligi haqida so‘z yuritdi.

Navbatda, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov institutda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov bo‘lim faoliyati bilan tanishtirib, taqdimot namoyish etdi. Davolash fakulteti talabasi M.Qodirbekova  mavzu doirasida o‘z fikr-mulohazalarini tengdoshlari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbir davomida korrupsiya illatining salbiy oqbatlari aks etgan videoroliklar namoyish etildi.

Ushbu tadbirda talabalar, institutga biriktirilgan vodiy viloyatlarida joylashgan Jamoat salomatligi texnikumlari o‘qituvchi va o‘quvchilari ham ishtirok etdi.

Tadbir doirasida institutda faoliyat yuritayotgan qabul komissiyasi a’zolari tomonidan o‘quvchilarga institutda mavjud ta’lim yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, tadbir qatnashchilari institutning yosh olimlari tomonidan yaratilgan ixtirolar va ularning erishgan yutuqlari bilan yaqindan tanishdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!