Skip to content INSTITUTDA “O‘QUV MASHG‘ULOT MARKAZI”NING OCHILISHI MAROSIMI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA “O‘QUV MASHG‘ULOT MARKAZI”NING OCHILISHI MAROSIMI O‘TKAZILDI

15:18 11.04.2025

Bugun, 11-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Xitoy davlatidan kelgan “Mindray Bio-medical Electronics” tashkilotining Markaziy Osiyo Bosh direktori Aleksander Duan, ushbu tashkilotning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi regional va marketing menejeri Nikolay Chen, Markaziy Osiyo mintaqasi Milliy savdo va marketing menejeri Viktor Vang hamda O‘zbekistondagi “Mindray” kompaniyasining rasmiy distribyutori, “Intermed Innovation” tashkiloti savdo-sotiq bo‘yicha direktori Ayubxon Xoshimov bilan uchrashdi.

Unda dastlab institut rektori M.Madazimov mehmonlarni institutning yangi 2000 o‘rinli o‘quv binosi imkoniyatlari, o‘quv, laboratoriya xonalari va zamonaviy jihozlangan Simulyatsiya markazi bilan yaqindan tanishtirdi.

Shuningdek, mehmonlar “Mindray va Intermed Innovation” MChJ tomonidan Andijon davlat tibbiyot instituti Tibbiy radiologiya kafedrasiga keltirilgan tibbiy uskunalar joylashtirilgan “O‘quv mashg‘ulot markazi”ning ochilishi marosimida ishtirok etdi. Markaz zamonaviy «Consona N9» rusumli (Mindray, Xitoy) ultratovush tekshiruvi apparati bilan jihozlangan. Mazkur markaz kelajakda talabalar va shifokorlarni o‘qitish, bemorlarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish, aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilgan.

Yakunda xorijlik hamkorlar institut haqida yorqin taassurotlar ega bo‘lganliklarini bildirdi va tomonlar kelajakda ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. Mustahkam hamkorlik ramzi sifatida mehmonlarga institut rahbariyatining esdalik sovg‘alari topshirildi.

adti.uz
Would like to send you notifications