INSTITUTDA “PARAMEDITSINA” YO‘NALISHINING OCHILISH MAROSIMI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA “PARAMEDITSINA” YO‘NALISHINING OCHILISH MAROSIMI O‘TKAZILDI

16:15 04.10.2023

Bugun, Andijon davlat tibbiyot institutida  Koreya milliy transport universiteti bilan hamkorlikdagi Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi fakulteti “Parameditsina” yo‘nalishining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Ochilish marosimida  institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov, Koreya milliy transport universiteti Parameditsina fakulteti dekani Dong Min Shin hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar ushbu hamkorlikning muhim tadbiri bilan qatnashchilarni qutladilar. Shuningdek, yo‘nalishning bu yilgi birinchi bosqichga qabul qilingan yoshlarni ham talabalik baxtiga erishganliklari bilan samimiy tabrikladilar.

 

“Parameditsina” yo‘nalishi, uning institutda o‘qitilish tartibi haqida ma’lumotlar berildi. Bu yo‘nalish bitiruvchilari tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tez tibbiy yordam xizmati, avariya-qutqaruv va harbiy qismlarda ishlaydigan, kasalxonaga qadar shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan mutaxassis bo‘lib yetishishlari haqida aytib o‘tildi.

Qolaversa, Koreya milliy transport universiteti Parameditsina fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ham onlayn tarzda ishtirok etib, sohaga oid yangiliklar bilan o‘rtoqlashdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!