alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA “PROFILAKTIK TIBBIYOTDA YUQORI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH” MAVZUSIDA XALQARO QATNASHCHILAR ISHTIROKIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI

18:33 30.05.2023

Joriy yilning 30-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan “Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” mavzusida xalqaro qatnashchilar ishtirokidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Anjumanning ochilish marosimi O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Andijon viloyati kengashi binosida bo‘lib o‘tdi. Barcha qatnashchilar musiqa sadolari ostida ko‘tarinki kayfiyatda kutib olindi. Anjumanni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilm-fan va taʼlim boshqarmasi boshlig‘i O‘.Ismoilov, Koreya milliy transport universiteti rektori Yoon Seung-Joe onlayn tarzda tabrik yo‘lladilar. Ochilish marosimidan so‘ng, Plenar kengashga navbat berilib, mutaxassislar tomonidan maʼruzalar o‘qib eshittirildi.

Mazkur anjumanda respublikamiz hamda 10 dan ziyod (Rossiya, Turkiya, Belorus, Isroil, Hindiston, Misr, Janubiy Koreya, Ukraina, Qirg‘iziston, Qozog‘iston) mamlakatlarning tibbiyot oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari, mutaxassislar gibrid (onlayn/oflayn) tarzda ishtirok etdi.

Kunning ikkinchi yarmida anjuman Profilaktik tibbiyot va ichki kasalliklar,  Onalik va bolalik,  Jarrohlik kasalliklari,  Travmatologiya va ortopediya, neyroxirurgiya,  Tibbiy – biologik,  Yosh olimlar kabi 8 ta seksiyaga bo‘lingan holda davom etdi.

 

Unda 200 nafardan ziyod mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar “Inson mohiyatini takomillashtirishga integratsiyalashgan yondashuv”, “Eksperimental davolashda biologik faol peptidlar, qandli diabet”, “Shizofreniyada prognoz omillari”, “Yurak yetishmovchiligini qurilmalar yordamida davolashning yangi usullari”, “Semptomatik arterial gipertenziyaning oldini olish masalalari”, “Tug‘ruqdan keyingi anemiya: xavf omillari, sabablari, oqibatlari”, “Endoskopik transnazal neyroxirurgiyaning zamonaviy jihatlari”  kabi qator mavzulardagi maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.

 

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!