alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA “QALBLARDA NOMINGIZ MANGU BARHAYOT!” NOMLI XOTIRA KECHASI O‘TKAZILDI

22:43 05.05.2023

Inson yashar ekan, bu hayotda insoniyligi, xalqiga qilgan xizmatlari bilan o‘ziga xos iz qoldiradi. Shunday insonlar borki, garchi oramizda yo‘q bo‘lsalar ham, ularni doimo qalban yod etamiz.

Joriy yilning 5-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Yuqumli kasalliklar kafedrasida uzoq yillar mehnat qilgan. t.f.n., dotsent Yuldashev To‘xtasin Ahmadjonovich xotirasiga bag‘ishlab “Qalblarda nomingiz mangu barhayot!” shiori ostida xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov kirish so‘zi bilan ochib, ustozning mehnat faoliyati haqida aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, so‘z olgan ustozlar, T.Yuldashevning oila a’zolari ustozning ibratli hayot yo‘li, samarali mehnat faoliyati, insoniy fazilatlari haqida so‘z yuritdilar.

Yuqumli kasalliklar kafedrasi xodimlari tomonidan T.Yuldashevning yorqin xotirasiga bag‘ishlab tayyorlangan videorolik namoyishi ko‘zlarga yosh qalqitdi.

Tadbirning badiiy qismida talabalar vatanni, ustozlarni tarannum etuvchi she’r va qo‘shiqlarni ijro etdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!