alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA «QAYNONA ONAJONIMGA TASHAKKUR» MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI

20:35 04.05.2023

Oila – muqaddas qo‘rg‘on. Undagi ota va onaning ilmli bo‘lishi farzandlarning ham ilm yo‘lini tanlashiga katta turtki bo‘ladi. Farzandlar tarbiyasida muhim o‘rin tutadigan yosh kelinlarni ham o‘qishlari va o‘zlari tanlagan sohani yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlariga imkoniyat yaratib berayotgan qaynonalar borki yosh olima ayollar safi yana-da kengayib bormoqda.

Andijon davlat tibbiyot institutida ana shunday kelinlarini o‘qib, ilm o‘rganishlari yo‘lida qo‘llab-quvvatlab kelayotgan qaynonalar ishtirokida institut Xotin-qizlar maslahat kengashi hamda magistratura bo‘limi hamkorligida “Qaynona onajonimga tashakkur” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, Magistratura bo‘limi boshlig‘i B.Tursunov magistrant ayol-qizlar va ularning qaynonalari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda xotin-qizlarni ta’lim olishlari, ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ingliz tilini bilish darajasi B2dan past bo‘lgan magistrantlarga ushbu darajani ko‘tarish uchun to‘garaklar tashkil etilayotgani haqida ma’lumotlar berildi.

 

Shuningdek, qaynonalarga kelinlarining darslarga o‘z vaqtida ishtirok etishlari, ilmiy ishlarini davom ettirishlari hamda bolalar tarbiyasi, uy ishlariga ulgurishlarida ko‘mak berayotganliklari uchun magistrant kelinlar o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!