Bugun, 30-yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot institutining ilmiy kengashlar zalida «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» bo’lib o’tdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev, Toshkent davlat yuridik universiteti professor-oʻqituvchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Andijon viloyat boshqarmasi boshlig’i O.Bozorov, institut rektori M.Madazimov va talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan qonunchilik sohasidagi yangiliklar, yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, tibbiyot sohasida mavjud boʻlgan huquqiy-meʼyoriy hujjatlar va shu kabi kerakli maʼlumotlar berildi.
Muloqot soʻnggida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan yetarlicha javob oldi.