Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA «REGISTRATOR OFISI» TASHKIL ETILDI

19:34 03.08.2024

Joriy yilning 6-may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’limning ustuvor masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli qaroriga asosan Andijon davlat tibbiyot institutida «Registrator ofisi» faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Mazkur «Registrator ofisi» talabalarga qulaylik yaratish maqsadida shay holatga keltirildi.  Unda akademik (o‘quv) faoliyati bo‘yicha, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar, xalqaro aloqalar, buxgalteriya, marketing va amaliyot bo‘yicha, ilmiy faoliyat va boshqa qo’shimcha xizmatlar ko’rsatilishi belgilangan.

Talabalarga «Registrator ofisi» xodimlari tomonidan ushbu yo’nalishlar doirasida ko‘mak berishadi.

Skip to content Click to listen highlighted text!