Bugun, 3-may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti hamda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida “Rektor va bitiruvchi talabalar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Doimiy yashash joyi Andijon viloyati bo‘lgan bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalasiga bag‘ishlangan mazkur uchrashuvda institut rektori M.Madazimov, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari I.Otajonov, institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.Abdullajov, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i A.Ziyayev va bitiruvchi talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Unda institutda mavjud ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o‘tildi. Bitiruvchilarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berildi. Ko‘plab yoshlar bilan 3 tomonlama shartnomalar tuzildi.