Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Institutda “Shukronalik” tadbiri bo‘lib o‘tdi

18:00 01.02.2021

An’anaga ko‘ra hafta «Shukronalik» tadbiri bilan boshlandi. Institut asosiy binosida Farmakologiya  kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan «Shukronalik» tadbirida kafedra mudiri T.Abdunazarov barcha talabalarga institut ichki tartib qoidalari  to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Shuningdek, «Shukronalik» tadbiri institut Klinikasi binosida Gospital terapiya kafedrasi tomonidan ham o‘tkazildi. Tadbirni Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ulugʻbek Karimov ochib, tinch va osoyishtalikda o‘tayotgan har bir kunimizga, sog‘-salomat uyg‘onganimizga shukronalik qilishimiz kerakligini ta’kidladi. Shundan so‘ng kafedra mudiri Sh.Yusupova talabalarga darslarga muntazam qatnashishlik haqida gapirib ularga omad va zafarlar tiladi.

Institutning 2-o‘quv-laboratoriya binosida  Umumiy gigiena kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan “Shukronalik” tadbirlari ham ana shu mavzularga bag‘ishlandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!