alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA “SIZ YANGI QONUNNI BILASIZMI?” MAVZUSIDA VIKTORINA O‘TKAZILDI

13:35 08.06.2023

Bugun, 8-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan xotin-qizlarni ilm-fan va innovatsiyalar sohasiga jalb qilish, talaba-qizlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni har tomonlama mukammal va mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy pozitsiyasiga ega boʻlgan kelajak liderlari sifatida tarbiyalash, huquqiy savodxonligini yana-da oshirish maqsadida talaba-qizlar o‘rtasida “Siz yangi qonunni bilasizmi?” mavzusida Viktorina tashkil etildi.

Unda fakultetlarning talaba-qizlaridan tarkib topgan jamoalar ishtirok etdi. Ularning viktorinadagi ishtiroki va savollarga bergan javoblari Hakamlar hay’ati a’zolari Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova hamda institut yurist-konsultanti T.Abduvaliyev tomonidan baholab borildi.

Ishtirokchilarga 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisidagi savollar berildi.

Viktorinada O’zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti fakultet qizlar koordinatorlari ham faol ishtirok etdilar.

Yakunda Davolash fakultetining “Adolat” jamoasi faxrli 1-o‘rinni, Stomatologiya fakultetining “Golddent” jamoasi 2-o‘rinni hamda Pediatriya fakultetining “Pediatr” jamoasi 3-o‘rinni egalladi va institut rektori M.Madazimovning tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!