Bugun, 7-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Vatan himoyasi – muqaddas burch” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Ichki ichlar vazirligi Akademiyasining Jazoni ijro etish faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchisi R.Raxmonov va kursantlar, institut Profilaktika katta inspektori J.Xo‘jayev, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor G.Abduvoxidova hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar yosh avlodni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, ularni chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega, yurtimiz uchun munosib farzandlar qilib yetishtirish muhimligini taʼkidladilar. Vatan taraqqiyoti va uning ertangi kunining porloq bo‘lishiga hamma birdek masʼul ekanligi aytib o‘tildi. Bu masʼuliyat har bir insonning o‘zi tanlagan sohasini mukammal egallab, uning rivojiga hissa qo‘shishi va shu orqali yurt taraqqiyotiga xizmat qilishi orqali ado etilishi haqida so‘z yuritdilar.
Ichki ichlar vazirligi Akademiyasi kursantlari akademiya bilan tanishtirib, uning faoliyatiga oid videoroliklar namoyish etildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.