INSTITUTDA “VATANPARVARLIK OYLIGI” DOIRASIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA “VATANPARVARLIK OYLIGI” DOIRASIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI

14:32 09.01.2024

Bugun, 9-yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining Tarbiyaviy va mavfkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarining  2024-yil 4-yanvar kungi “Respublikamizda joylashgan tibbiyot oliygohlarida Vatanparvarlik oyligi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy tibbiyot akademiyasi uchun targ‘ibot tadbirlarini tashkillashtirish toʻg‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Davolash fakultetininng 5-bosqich talabalari bilan  uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tibbiy ta’minot bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi oʻrinbosari, tibbiy xizmati polkovnigi A.Yuldashev va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy tibbiyot akademiyasi boshlig‘i, tibbiy xizmat polkovnigi K.Eshquvvatov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor v.v.b. A.Abduhalimov, institut Karyera markazi boʻlimi boshligʻi A.Soliyev hamda Pediatriya fakulteti dekani R.Raxmonov, Davolash fakulteti dekan o‘rinbosarlari  ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida faxriy qorovul saf tortib, qator harbiy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini ijro etish bilan boshlandi. Mazkur uchrashuvda mehmonlar tomonidan harbiy xizmat sohasi, unda faoliyat yuritish haqida aytib o‘tildi. Institutning bir guruh vakillari ushbu ushrashuvni tashkil etish va hamkorlikda faol bo‘lganliklari uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida harbiy orkestr ham o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi. Institutning iqtidorli talabalari tomonidan badiiy chiqishlar, she’r, qo‘shiqlar ijro etilib, tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Institut hovlisida Andijon viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan ko‘rgazmalari namoyish etildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!