Joriy yilning 12-may sanasida Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutida Oliy hamshiralik yo‘nalishi 1–3-bosqich talabalari ishtirokida tadbir tashkil qilindi.
Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S. Salohiddinov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.
Tadbirda dastlab, institut rektori M.Madazimovning bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Talaba-qizlarning boshlanajak mashaqqatli va sharafli kasbiy faoliyatlari davomida omad hamda zafarlar yor bo‘lishiga tilak bildirildi. Shuningdek, ularga institut rektori nomidan tashakkurnomalar taqdim etildi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ilmiy konferensiyalarda faol qatnashib kelayotgan iqtidorli talaba-qizlar esa bazaviy stipendiyaning bir barobari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Yo‘nalish talabalari bu kabi mehr va e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirdilar.