INSTITUTDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI

22:35 14.12.2023

Bugun, 14-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida “Rossiya Federatsiyasining V.A.Almazov nomidagi milliy tibbiyot tadqiqot markazi va Andijon davlat tibbiyot instituti hamkorligining yangi bosqichlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Unda 1-fakultet va gospital xirurgiya, Nevrologiya va tibbiy radiologiya kafedralari professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etdi. Tadbirni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib berdi va shu kabi hamkorlikdagi anjumanlar bardavom bo‘lishi hamda ular orqali tajriba almashish imkoniyati kengayishi haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng, Sankt-Peterburg shahridan tashrif buyurgan mehmon Nikolayeva Aleksandra Ernstovna o‘zining maʼruzasini o‘qib eshittirdi. Qolaversa, Nevrologiya va tibbiy radiologiya kafedralariga tashrifi davomida olgan taassurotlarini yig‘ilish qatnashchilari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, tadbir davomida tomonlar esdalik sovg‘alarini ulashdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!