INSTITUTDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILDI

15:10 29.06.2024

Bugun, 29-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Ozarbayjon-O‘zbekiston” forumi doirasida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unga tashrif  buyurgan mehmonlar “Andijon polkasi” raqsi bilan tantanali kutib olindi.

Anjumanni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Unda ikki mamlakat o‘rtasida amalga oshirilayotgan ko‘plab sohalardagi hamkorliklar rivoji, shu jumladan tibbiyot sohasidagi mustahkam hamkorlik masalalari haqida so‘z yuritdi va anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Mazkur anjumanda Ozarbayjon minimal invaziv jarrohlar jamiyat prezidenti Q.Muslimov boshchiligida delegatsiya a’zolari va institut jamoasi, talabalar ishtirok etdi.

Unda professor Q.Muslimov “Laporaskopik jarrohlik sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Dr. Z.Azadova, Dr., PhD F.Refiyev, Dr. N.Alishev tomonidan “Bariatrik jarrohlik bugungi kunda va uning istiqbollari”, “Invaziv radiologiyaning buguni va kelajagi”, “Minimal invaziv jarrohlik asoslari” mavzusida ma’ruzalar o‘qib eshittirildi.

Anjuman davomida ilmiy hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro do‘stlik aloqalarini o‘rnatish uchun qo‘shgan hissalarini munosib taqdirlash maqsadida  Ozarbayjon minimal invaziv jarrohlar jamiyati prezidenti Qurbonxon Muslimovga Andijon davlat tibbiyot instituti «Faxriy professori» unvoni berildi.

Faxriy unvonni institut rektori, professor M.Madazimov topshirdi. Professor Q.Muslimov bu kabi e’tibor va yuksak unvon uchun minnatdorchiligini bildirdi hamda kelgusida yanada samarali hamkorlikni amalga oshirishda faol bo‘lishini ta’kidladi.

Skip to content Click to listen highlighted text!