Joriy yilning 5-sentabr kunidan boshlab Andijon davlat tibbiyot institutining Gospital terapiya vа endokrinologiya kafedrasida Rossiya Federatsiyasi I.P.Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti M.Chernorutskiy nomidagi gospital terapiya kafedrasi mudiri t.f.d., professor (terapevt) Trofimov Vasiliy Ivanovich ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tmoqda.
Dastlab, professor Davolash fakultetining 4-5-bosqich talabalariga “Bronxial astma” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Unda kasallikni etiologiyasi, klinikasi, zamonaviy tekshirish ва davolash usullari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.
Shuningdek, Andijon viloyati Endokrin kasalliklar dispanserida bemorlarni ko‘ruvdan o‘tkazib, o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashib kelmoqda.
Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar joriy yilning 17-sentabriga qadar davom etadi.