Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Rossiyaning Stavropol davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari tibbiyot fanlari doktori, professor Y.A.Vakushina hamda tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent A.Y.Bragin bilan uchrashdi.
Institutning 2022-2023-o‘quv yili rejasiga asosan «Ortodontologiya» kursi bo‘yicha rossiyalik mutaxassislar tomonidan Stomatologiya fakulteti 5-bosqich talabalariga mahorat darslari o‘tkazish rejalashtirilgan.
Uchrashuv davomida joriy yilning 5-may sanasiga qadar o‘tiladigan nazariy hamda mashg‘ulotlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Tomonlarning taklif va mulohazalari tinglandi.
Yakunda professor-o‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlariga start berildi.