Andijon davlat tibbiyot institutida har haftada Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Xotin-qizlar maslahat kuni” o‘tkazilib kelinmoqda. Shu munosabat bilan bugun, 20-oktabr kuni “Xotin-qizlar o‘rtasidagi tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda institut rektorining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, Andijon shahar IIO FMB JXX XPB boshlig‘i, mayor F.Ergashev, institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika katta inspektori, kapitan G.Abduvoxidova, Davolash fakulteti dekan o‘rinbosari M.O‘lmasov, tyutorlar va talaba-qizlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar xotin-qizlarni himoya qilish va faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim hujjatlar bo‘lgan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar bilan tanishtirdilar.
Uchrashuvda ayol-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik turlari, shunday vaziyatlarda himoya orderi orqali himoyalanish tartibi va boshqa masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari o‘rtasida erta turmushni oldini olish, xotin-qizlarni psixologik qo‘llab-quvvatlash maqsadiga yo‘naltirilgan ma’ruzalar tinglandi.