Bugun, 30-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Zamonaviy stomatologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida yosh olimlar ilmiy-amaliy anjumani va “Endodontiya mahorati-2023” nomli institut miqyosidagi talabalar fan olimpiadasi o‘tkazildi.
Anjumanning ochilish marosimida O‘zbekiston Stomatologlar assosiatsiyasi prezidenti A.Xasanov so‘z olib barcha anjuman qatnashchilariga samimiy tabriklarini yo‘lladi. Zamonaviy stomatologiyaning dolzabr muammolariga respublikamiz yosh olimlari befarq bo‘lmagan holda ularga yechim topishga munosib hissa qo‘shib kelayotganliklarini alohida e’tirof etdi.
Stomatologiya fakulteti dekani D.To‘lanov ham o‘z nutqida anjuman va olimpiada qatnashchilariga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
Shundan so‘ng, institut hamda respublikamizning qator viloyatlarining 20ga yaqin yosh olimlari tomonidan mavzu doirasidagi dolzarb ma’ruzalar o‘qib eshittirildi.
Shu qatorda “Endodontiya mahorati-2023” nomli institut miqyosidagi talabalar fan olimpiadasi ham o‘tkazildi. Unda qatnashgan talabalar dastlab 50 ta testga javob berdi va fantomda tishlar ustida amaliy ko‘nikmalar bajardi va ushbu jarayon 6 ta mezon asosida baholandi.
Yakunda:
1-o‘rinni – Muhammadali Abduqodirov 301-guruh talabasi (DDTU qo‘shma ta’lim dasturi);
2-o‘rinni – Sirojiddin Abdullayev 420-guruh talabasi;
3-o‘rinni – Xojiakbar Kozimov 301-guruh talabasi (DDTU qo‘shma ta’lim dasturi) qo‘lga kiritdi. G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar, faol qatnashchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.