alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA YOSHLAR YETAKCHISINING HISOBOTI TINGLANDI

23:42 20.09.2023

Bugun, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi H.Qo‘chqorovning yillik hisoboti tinglandi.

Mazkur jarayonda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisining o‘rinbosari M.Odilov, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduhalimov hamda institut jamoasi, boshlang‘ich tashkilot a’zolari ishtirok etdi.

Hisobotda o‘tgan o‘quv yilida davomida boshlang‘ich tashkilot hamda uning koordinatorlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Yig‘ilish so‘nggida komissiya a’zolari boshlang’ich tashkilotni talaba-yoshlarni doim qo’llab-quvvatlashi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, maʼnaviy-mafkuraviy dunyoqarashini mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba-yoshlar tashabbuslarini amalga oshirishga koʻmaklashishlarini alohida e’tirof etgan holda tashkilotning kelgusi faoliyatida muvofaqqiyatlar tiladilar. Ular tomonidan taqdim etilgan hisobot “qoniqarli” deb baholandi.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!