Andijon davlat tibbiyot institutida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “5 ta muhim tashabbus” doirasida qator tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Bu albatta, talaba-yoshlarning sport, san’at, kitobxonlikka qiziqtiribgina qolmay ularni ma’naviy kamolot va aniq maqsad sari faol harakatchanlikka chorlaydi.
Bugun ham institutda toʻrtinchi tashabbus – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha kitob yarmarkasi o‘tkazildi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov kirish so‘zi bilan ochib berdi va kitobning inson hayotidagi o‘rni qanchalik muhim ekanligi haqida so‘z yuritdi.
Kitob – eng yaxshi do‘st, uning bergan ilmi, saboqlari insonlarni ma’naviy yuksalishiga asosiy turtki bo‘lishi haqida aytib o‘tildi. Shundan so‘ng, talabalar kitob yarmarkasida qatnashib, u yerdan joy olgan milliy va jahon adabiyotlari, badiiy hamda ilmiy kitoblar orasidan o‘zlariga ma’qul kelganlarini tanlab oldilar.