Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTIMIZ JAMOASI “STUDENTS CUP” MUSOBAQASINING FINAL BOSQICHIGA YOʻL OLDI

15:02 19.05.2022

Maʼlumki, Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida mini futbol sport turi boʻyicha “Students cup” musobaqasi oʻtkazilmoqda. Yarim final bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi bu gal final bosqichi uchun kurash olib bordi.

Dastlabki oʻyinlar Andijon davlat universiteti hamda Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalari instituti oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Gʻoliblik universitet jamoasiga nasib etdi. Keyingi baxslar esa Andijon davlat tibbiyot instituti va Andijon mashinasozlik instituti jamoalari oʻrtasida kechdi. 3:1 hisobi boʻyicha bizning jamoa final bosqichida toʻp suradigan boʻldi.

Institutimizning chaqqon va sportsevar jamoasini gʻalaba bilan qutlab, final bosqichida ham faqat omad yor boʻlishini tilab qolamiz!

Skip to content Click to listen highlighted text!