Joriy yilning 20–24-oktabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida Xalqaro tibbiyot maktabining 20 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman va anatomiya, klinik anatomiya, gistologiya hamda potologik anatomiya yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro talabalar olimpiadasi o‘tkazildi.
Unda Andijon davlat tibbiyot institutining Anatomiya va klinik anatomiya kafedrasi mudiri, dotsent Z.Qaxxorov boshchiligidagi talabalar jamoasi ham ishtirok etdi. Olimpiadada 11 ta jamoa ingliz va rus tillarida bellashdilar.
Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra, institutimiz jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va birinchi darajali diplom, oltin medal hamda g‘oliblik kubogi bilan taqdirlandi.
Institut jamoasi nomidan talabalarimizni ushbu g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz. Ilmiy, ijodiy parvozingiz baland bo‘lsin aziz talabalar!