Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTIMIZDA “YIL TALABASI” YANA BITTAGA ORTDI

18:22 24.02.2022

Talaba boʻlish har bir yoshning orzusi. Eng faol boʻlish esa har bir talabaning maqsadi. Bugun “Yoshlar markazi”da oʻtkazilgan “Yil talabasi – 2021” Respublika koʻrik tanlovi esa yilning tashabbuskor, izlanuvchan, iqtidorli talabalarni aniqlab berdi.

Andijon davlat tibbiyot institutining “Yil talaba”lari yana bir nafarga koʻpaydi. “Yilning eng faol tashabbuskor-targʻibotchi talabasi” nominatsiyasi boʻyicha Akmaljon Azimov gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Taqdirlash marosimida Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Yusuf Absoatov, viloyat oliy ttaʼlim muassasalari rektorlari va ular qatorida institutimiz rektori  M.Madazimov, nomdor stipendiantlar, talabalar ishtirok etdi.

“Yil talabasi – 2021” tanlovi g’oliblari o’z yo’nalishlari bo’yicha taqdirlandilar. Diplom va esdalik sovg’alarini Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari Yusuf Absoatov O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshlig’i Umidillo Sattarov va Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari topshirdilar. So’z olgan rektorlar g’oliblarni erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, kelgusi ishlariga zafarlar tiladilar.

Bayramona tadbirda barcha talabalar talabalikni tarannum etuvchi qoʻshiqlar kuyladilar, raqsga tushdilar.

Taqdirlash marosimidan soʻng mehmonlar, tanlov g’oliblari Andijon davlat universiteti qoshida tashkil etilgan «Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi» eksponatlari bilan tanishdilar.  Tashrif so’nggida muzey rahbari, tarix fanlari doktori, professor R. Shamsutdinov mehmonlarga o’z muallifligidagi kitoblarni sovg’a qildi.

Shundan so’ng respublikadan tashrif buyurgan delegatsiya tarkibidagi mehmonlar Andijon viloyatidagi “Bog‘i Bobur” istirohat bog‘ida bo’ldilar. U yerda Zahiriddin Muhammad Bobur qabri ziyorat qilinib, Qur’on tilovat o’qildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!