Oʻzbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi tomonidan yurtimizda faoliyat olib boruvchi iqtidorli, ilmga chanqoq, fidoyi xotin-qizlarning ilmiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish va ularni ilmiy salohiyati va yutuqlarini dunyo ilmiy jamoatchiligiga tanishtirish maqsadida ilmiy izlanish olib borayotgan xotin-qizlar oʻrtasida har ikki yilda “Ilm yulduzlari” intellektual koʻrik-tanlovi oʻtkazib kelinmoqda.
Mazkur tanlovning Respublika bosqichida Andijon davlat tibbiyot institutining tayanch doktoranti Saida Akbarova ham munosib ishtirok etib, 3-oʻrinni egalladi.