Andijon davlat tibbiyot institutining talabalar turar joyida “O‘zbekiston yoshlar mamlakati” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.
Talaba-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Gulxan shou” madaniy kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori M.Madazimov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, fakultetlar dekanlari, ularning o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.
Barcha ishtirokchilar gulxan atrofida jam bo‘lib, iste’dodli talabalarimiz tomonidan ijro etilgan dilga yaqin va sho‘x kuy-qo‘shiqlarga jo‘r bo‘ldilar. Raqslar esa tun go‘zalligiga yanada o‘zgachalik baxsh etdi.
Konsert yakunida esa tadbirda faol ishtirok etgan har bir fakultetning 1 nafardan talabalari institut rahbariyati tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.