alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTNING BIOLOGIK KIMYO KAFEDRASI MUDIRI XORIJDA ILMIY TADQIQOT ISHI BILAN SHUG‘ULLANMOQDA

10:34 15.05.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti Biologik kimyo kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori Irodaxon Mamatova O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil qilingan “Yosh olimlarni yetakchi ilmiy tashkilotlardagi qisqa muddatli ilmiy stajirovkalari” tanlovida g‘olib bo‘lib hozirda dunyodagi Top-300 talik oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiruvchi Kanada davlati Laval universitetining “Immunologiya va mikrobiologiya” kafedrasida professor Jean Sevigny bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

Ushbu tadqiqot “P2 retseptorlarini faollashtirish orqali amalga oshiriladigan hujayradan tashqari nukleotidlarning funksiyalari”ga qaratilgan bo‘lib, ularning hujayra yuzasida konsentratsiyasini tartibga soluvchi fermentlarga urg‘u berib, patogen determinantlarga javoban yallig‘lanishni tartibga solish, immun hujayralar migratsiyasi, leykotsitlar funksiyalari, silliq mushaklarning qisqarishi, xususan, ichak yallig‘lanishini tartibga solish, epiteliya hujayralari va yallig‘lanishli kasalliklari uchun potensial davolash usullarini ishlab chiqishga qaratilgan.

Mazkur ilmiy tadqiqot ishi yakunlanishi uchun 3 yil muddat berilgan bo‘lib, hozirda u bo‘yicha jadal ishlar amalga oshirilmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!