INSTITUTNING ENG FAOL TALABA-QIZLARI “QIZLARJON” KLUBIDA BIRLASHDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTNING ENG FAOL TALABA-QIZLARI “QIZLARJON” KLUBIDA BIRLASHDI

17:26 08.10.2024

Bugun, 8-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan tashkil qilingan “Qizlarjon” klubi a’zoligiga hamda yo‘nalishlar koordinatorligiga yangi o’quv yili uchun saylov bo‘lib o‘tdi.

Unda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, fakultetlar dekanlarining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari va talaba-qizlar ishtirok etdi.

Tadbir avvlida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova so‘z olib, barcha talaba-qizlarni yaqinlashib kelayotgan 11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan samimiy qutladi. Ularga hayotda o‘z oldilariga qo‘ygan orzu, maqsadlariga erishishlarida omad va zafarlar tiladi. “Qizlarjon” klubi esa katta maqsadlarga erishish yo‘lida yaxshi muhit va katta jamoa kuchi ekanligini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng, saylov jarayonlari boshlandi. Unda qatnashchilarning har biriga 3 daqiqadan o‘zlarini, erishgan yutuqlari hamda o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlari haqida tanishtirib o‘tishlari uchun vaqt berildi.

Eng yaxshi taqdimot egalari esa a’zolikka ovoz berish yo‘li bilan saylandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!