Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Nomli Davlat stipendiyalariga tanlov boshlanganligini maʼlum qilamiz! Tanlovda ishtirok etmoqchilar quyidagi shartlar asosida tanlab olinadi.
Prezidenti davlat stipendiyasi uchun:
Nomzodlar tadqiqotchilik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan va butun oʻqish davrida aʼlo baholarga oʻqigan oxirgi oʻquv yili talabalari boʻlishi lozim. (magistratura mutaxassisliklari boʻyicha jami 22 ta, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha har bir oliy taʼlim muassasasi uchun bittadan etib belgilangan.)
Nomli davlat stipendiyalari uchun:
Barcha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlari «aʼlo» (koʻpi bilan 25 foizi «yaxshi») boʻlgan hamda ijodiy ishda qatnashadigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishida oʻqiyotgan oxirgi ikki kurs (keyingi oʻrinlarda — yuqori kurs) talabalari boʻlishi lozim.
Magistratura.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:
– umumtaʼlim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy ishlar) ishlari bilan uygʻunlashtirish;
– yoʻnalishlar boʻyicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
– kamida ikkita eʼlon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;
– tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy chet tilni bilish (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari), magistraturadagi mutaxassislik xorijiy til boʻlgan taqdirda esa qoʻshimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi;
– Oʻzbekiston tarixini bilish;
– Tillarni, axborot texnologiyalarini, Oʻzbekiston tarixini bilish boʻyicha talab darajalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi belgilaydi.
Bakalavriat.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etuvchi nomzodlarga quyidagi talablar belgilanadi:
- a) nomli davlat stipendiyalari uchun:
– aʼlo oʻqish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;
– yoʻnalishlar boʻyicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
– Oʻzbekiston tarixini bilish;
– tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish, bakalavriatdagi taʼlim yoʻnalishi xorijiy til hisoblangan alohida hollarda qoʻshimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish. Bunda, talabgorlar ushbu tillar boʻyicha oʻz bilimlari darajasini aniqlash uchun oʻqish joyidagi til kafedralarida maxsus suhbatdan oʻtadilar;
- b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi uchun mazkur bandning «a» kichik bandida belgilangan talablarga qoʻshimcha ravishda oʻqiyotgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos mavzuda kamida ikkita eʼlon qilingan ishlar (maqola, tezis yoki asarlar)ning mavjudligi talab etiladi.
Yuqoridagi maʼlumotlarga ega talabalar arizalarini 22.06.2022 yil kunga qadar Ilmiy boʻlimga Sh.Ya.Bustanovga yoki +998999052550 telegramga yuborishingiz soʻraladi.