INSTITUTNING MAHORATLI SHE’R, QO‘SHIQ IJROCHILARI BO‘LGAN TALABALARI TAQDIRLANDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTNING MAHORATLI SHE’R, QO‘SHIQ IJROCHILARI BO‘LGAN TALABALARI TAQDIRLANDI

20:27 26.01.2024

Andijon viloyati hokimi sovrini uchun «Vatan-madhing kuylayman» mavzusida qo‘shiqlar tanlovi eʼlon qilingan. Tanlov viloyatimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Bugun, 26-yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot institutining Talabalar turar joyida tanlovning institut bosqichi “Men Vatanni madh etaman” shiori ostida bo‘lib o‘tdi.  Tanlov qo‘shiq va she’riyat yo‘nalishida o‘tkazildi.

Mazkur tanlovni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha qatnashchilarga omad tiladi.  Tanlov qatnashchilarining chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, qoʻshiq yoʻnalishi boʻyicha:

1-o‘rinni  Otabek Abduhalimov (Stomatologiya yoʻnalishi ordinatura 1-bosqich talabasi);

2-o‘rinni Ibrohimjon Mahmudov (Farmatsiya yoʻnalishi 5-bosqich talabasi);

3-o‘rinni Asrorbek Azimjonov (Pediatriya fakulteti 2-bosqich talabasi) egalladi.

Sheʼr yoʻnalishi:

1-o‘rinni  Asilbek Joʻraxolov (Stomatologiya yoʻnalishi 1-bosqich talabasi);

2-o‘rinni Hayotxon Oblyorova (Pediatriya fakulteti 3-bosqich talabasi);

3-o‘rinni Ziyovuddin Sobirov (Pediatriya fakulteti 1-bosqich talabasi) egalladi.

1-oʻrin sovrindorlari diplom va  bazaviy stipendiyaning 3 barobari miqdorida, 2-oʻrin egalari diplom va bazaviy stipendiyaning 2 barobari miqdorida, 3-oʻrin sohiblari diplom va bazaviy stipendiyaning 1 barobari miqdorida taqdirlandi.

Shuningdek, tanlovning barcha qatnashchilari faol ishtiroki uchun 300.000 (uch yuz ming) soʻm miqdorida, erkin ishtirokchi sifatida qatnashgan xorijiy fakultet talabasi Qodir Ahmad bazaviy stipendiyaning 1 barobari miqdorida ragʻbatlantirildi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!