INSTITUTNING MILLIY MUSIQA CHOLG’U ASBOBLAR ANSAMBLI A’ZOLIGIGA TALABGORLAR SARALANMOQDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTNING MILLIY MUSIQA CHOLG’U ASBOBLAR ANSAMBLI A’ZOLIGIGA TALABGORLAR SARALANMOQDA

16:06 25.09.2025

Avval xabar berganimizdek, Andijon davlat tibbiyot instituti qoshida milliy musiqa cholg’u asboblar ansamblini tuzish va shakllantirish maqsadida fakultetlararo kasting e’lon qilingan edi.

Bugun, 25-sentabr kuni mazkur tanlovning birinchi bosqichi o‘tkazildi. Dastlab, institut rektori M.Madazimov so‘z olib, barcha qatnashchilarga muvaffaqiyat tiladi va musiqaning o‘ziga xos jozibasi, unga oshno bo‘lgan yoshlarning o‘zgacha olami haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng kastingga start berildi. Unda:

Doira cholg‘uchilari 3 nafar;

Dutor ijrochilari 7 nafar;

Pianino ijrochiligi bo‘yicha 3 nafar;

Chang ijrochiligi bo‘yicha 1 nafar;

Milliy raqs ijrochiligi bo‘yicha 3 nafar talaba mahoratlarini namoyon etdi va ular institut qoshidagi milliy musiqa cholg‘u asboblar ansambliga qabul qilindi.

Joriy yilning 26-sentabr kuni ham ADTI Ilmiy kengashlar zalida kasting davom etadi.

Skip to content