alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTNING UMUMTAʼLIM MAKTABLARI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI

20:22 23.02.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti Tibbiy kimyo, Pedagogika, Oʻzbek tili va adabiyoti, Tibbiy biologiya, Ijtimoiy gumanitar fanlari kafedralarining  professor-oʻqituvchilari institutga biriktirilgan Izboskan tumanidagi 33-, 47-, 50-, Qoʻrgʻontepa tumanidagi 8-, Xoʻjaobod tumanidagi 26-, va Ulugʻnor tumanidagi 23-umumtaʼlim maktablari bilan  Hamkorlik memorandumi  rejalariga muvofiq  amaliy faoliyat olib borilmoqda.   Joriy yilning 23-fevral kuni  mazkur maktablarning barchasida turli tadbirlar tashkil etildi.

Ulugʻnor tumanidagi 23-umumtaʼlim maktabida oʻquvchilar, maktab oʻqituvchilari va ota – onalar ishtirokida kasbga yoʻnaltirish va kelgusidagi faoliyat  boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi. Kimyo, Biologiya, Tarix, Ona tili va adabiyoti fanlaridan oʻquv maʼruzalari boʻlib oʻtdi. Qoʻrgʻontepa tumanidagi 8-umumtaʼlim maktabida bitiruvchi sinf oʻquvchilarini Oliy taʼlimga yoʻnaltirish boʻyicha “Tayyorlov kurslari” mashgʻulotlari tashkil qilindi. Izboskan tumanidagi 33-, 50-umumtaʼlim maktablarida esa oʻquvchilar va oʻqituvchilar ishtirokida institut pedagoglari tomonidan “ Mahorat darslari” olib borildi.  

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!