O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2019- yil 26- aprelda kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan videoselektor majlisida qo’yilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining joriy yil 19- iyundagi № 544 sonli “Investitsiya kuni” tadbirlarini tashkil etish to’g’risidagi buyrug’i ishlab chiqilgan bo’lib, shu asosida oliy ta’lim muassasalari rektorlariga muhim vazifalar yuklatilgan edi.
Bu borada Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining ham buyrug’i ishlab chiqildi. Buyruqqa asosan, institutda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirildi. Jumladan, institutda to’g’ridan–to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha “Yo’l xaritasi” ishlab chiqildi. Haftaning har chorshanba kuni institutda ta’limga, ilmiy-tadqiqot va davolash ishlariga yo’naltirilgan investitsiya ishlarini joriy etish uchun xorijiy investorlarni jalb qilish bo’yicha “Investitsiya kuni”deb e’lon qilindi.
Bugungi kunda institutda xorijiy talabalarni jalb etish maqsadida xalqaro hamkorlik bo’limi tomonidan yangi-yangi shartnoma va memorandumlar imzolash ishlari yo’lga qo’yilmoqda.
Jumladan, 2018-2019 o’quv yilida Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon mashinasozlik instituti, Janubiy Koreyaning Tegu universiteti hamda Portugaliyaning Setubal politexnika universitetlari o’zaro hamkorlikda tibbiyot injeneriyasi bo’yicha institutlararo qo’shma magistrlik dasturi asosida ish tashkil etilib, o’quv mashg’ulotlari yo’lga qo’yildi. Mazkur yo’nalishda mutaxassislar tayyorlanmoqda