IQTISODIY O‘QISH HAMDA OLIY TA’LIM MUASSASASIDA IJRO INTIZOMINI YANADA KUCHAYTIRISH – MUHIM MASALA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

IQTISODIY O‘QISH HAMDA OLIY TA’LIM MUASSASASIDA IJRO INTIZOMINI YANADA KUCHAYTIRISH – MUHIM MASALA

14:22 09.08.2025

Bugun, 9-avgust kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashlar zalida Iqtisodiy o‘qish hamda oliy ta’lim muassasasida ijro intizomini yanada kuchaytirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi R.Djalilovlar, bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirib o‘tildi. Shuningdek, davlat rahbari tomonidan ijro intizomiga jiddiy eʼtibor qaratilib, ijro intizomini va natijadorlikni taʼminlash, qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlarining ijrosi ustidan samarali nazorat mexanizmlarini joriy qilish, ijro natijasi boʻyicha aniq hisobdorlikni taʼminlash, shuningdek, barcha boʻgʻindagi rahbarlar va xodimlarning ijro intizomiga qatʼiy rioya etish, shaxsiy masʼuliyati va javobgarligini yanada oshirishga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Qolaversa, “Edo.ijro.uz” tizimidagi har bir bajarilmagan topshiriq ijrosi uchun tarkibiy boʻlinma rahbarlari bilan birga masʼul xodimlar ham bir xil javobgar boʻlishi, ijro intizomiga masʼuliyatsizlik bilan yondashish hamda topshiriqlarni sifatsiz va asoslantirilmagan hujjatlar bilan nazoratdan yechish holatlariga keskin va taʼsirchan choralar koʻrilishi taʼkidlandi.

Yig‘ilish so‘nggida, boshqarma va boʻlimlarning ayrim rahbar xodimlari tomonidan topshiriqlarning ijrosini taʼminlashdagi tizimli muammolari aytib o‘tilib, ularni vaqtida bartaraf etishlari yuzasidan kerakli topshiriqlar va tushunchalar berildi.

 

Skip to content