Skip to content ISHCHI GURUH ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ISHCHI GURUH ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA

17:03 20.02.2025

Bugun, 20-fevral kuni Tibbiyot sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz tibbiy ta’lim tizimini tahlil qilish hamda tibbiy ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh Andijon davlat tibbiyot institutida bo‘ldi.

Dastavval ishchi guruh a’zolari bilan institut rektori M.Madazimov hamda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov suhbat olib bordilar. Unda institutda ta’lim sifati, tibbiyotga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qaror va Farmonlari ijrosi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy faoliyat, xalqaro qo‘shma dasturlar va bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Uchrashuvdan so’ng ishchi guruh a’zolari institut klinikasi va yangi 2000 o‘rinli o‘quv binosida bo‘ldilar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-noyabrdagi 713-sonli Qarori bilan rekonstruksiya qilinishi belgilangan mazkur klinikada hozirda qurilish-bunyodkorlik ishlari avjida. Qurilish va rekonstruksiya ishlari uchun 349,621 milliard so‘m mablag‘ga loyiha-smeta qilingan bo‘lib, 2021-2024-yillarda byudjet mablag‘lari hisobidan 196,445 milliard so‘m to‘liq ajratilib, qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Jarayonlar bilan yaqindan tanishgan ishchi guruh a’zolari o‘z takliflarini bildirib o‘tdilar.

Shundan so‘ng mas’ullar institutning yangi 2000 o‘rinli binosida bo‘ldilar. Mazkur bino O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi “Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yana-da qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-5154 sonli qaroriga asosan institut klinikasi hududidagi 2 gektar yer maydonida bunyod etilgan 2000 o‘ringa mo‘ljallangan holda qad rostlagan. Hozirda yangi o‘quv binosida talabalar sifatli ta’lim olishmoqda. Binoda shinam oʻquv xonalari bilan bir qatorda simulyatsiya markazlari ham mavjud boʻlib, yoshlar nazariy olgan bilimlarini bevosita amaliyotda mustahkamlab borishlari mumkin bo‘lmoqda.

Shuningdek, “Ochiq eshiklar” kuni munosabati bilan institutga kelgan maktablarning bitiruvchi o‘quvchilari institut rektori va ishchi guruh a’zolari bilan suhbatda bo‘ldilar. Bu uchrashuv o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Boisi institutda yaratilgan sharoitlar, ta’lim tizimi borasida rahbarlarning o‘zlaridan ma’lumot olish kelajakda yoshlarni shifokorlik kasbini egallashga ruhlantirdi.

adti.uz
Would like to send you notifications