Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ISHCHI GURUH O’ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTIDA

09:58 04.04.2022

Joriy yilning 2-aprel kuni mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektoridan iborat Oliy ta’lim vazirligining ishchi guruhi a’zolari О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurdi. Ishchi guruh tarkibida Andijon davlat tibbiyot institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov ham bor. Mehmonlar ta’lim dargohida yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samaradorligi bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida talabalar turar joyida yoshlarga berilayotgan eʼtibor, ularga yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi hamda talabalarni qiziqtirayotgan savollariga javob berildi. Talabalar turar joylaridagi sanitariya gigiyena holatlari, yotoqxonalarni yangi jihozlar bilan ta’minlash jarayonlari, yoshlar о‘rtasida kitobxonlikni yanada rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Institut rasmiy veb-saytidan olindi

Skip to content Click to listen highlighted text!