Talabalar turar joyida Pediatriya fakultetiga qarashli Dermatovenerologiya kafedrasi mudiri A.Paqirdinov boshchiligida kafedra xodimlari, tyutorlar va talabalar ishtirokida «Jaholatga qarshi marifat» mavzusida tadbir oʻtkazildi. Unda ishtirokchilarga bilim va kuchli iroda bilan salbiy illatlarga qarshi tura olish, talabalarning boʻsh vaqtlariga eʼtibor qaratish va ularni turli sport, fan, hunar toʻgaraklariga jalb etish borasida soʻz bordi.