alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT BILAN KURASHISH MUMKIN

21:30 01.03.2022

Ayni damda qator davlatlarda taxlikali vaziyatlar yuzaga kelmoqda. Biroq Oʻzbekiston atalmish jonajon diyorimizda tinchlik qushi barq uchmoqda. Mana shu osoyishtalik va xotirjamlikni qadriga yetmoq, oʻz Vatani, kelajagi uchun oʻqib-izlanmoq, yurt koriga yaramoq chinakam oʻzbek farzandining burchidir.

Bugun Andijon davlat tibbiyot institutida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Unda viloyat hokimining oʻrinbosari Rahmatillo Arziyev, viloyat Bosh imom xatibi oʻrinbosari Hayrullo domla Sulaymonov, viloyat Bosh otinoyisi Shoiraxon Qosimova, Andijon shahar ichki ishlar boshqarmasi terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimi, mayor Bahromjon Oʻlmasov, institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori K.Salohiddinov, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens tizimini nazorat qilish boʻlimi rahbari S.Asqarov ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olganlar dunyo hamjamiyatini taxdidga solayotgan turli ekstremistik diniy tashkilotlar yoshlarni aldov yoʻli bilan oʻz saflariga qoʻshib olayotganliklari, yoshlar, ayniqsa, talabalar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning sodir etilayotgani, ijtimoiy tarmoqlarda tanimagan insonlari bilan muloqotda bo’lib, o’zga mamlakatlarda sarson bo’layotgan yurtdoshlarimiz taqdiri haqida atroflicha maʼlumotlar berib oʻtdilar. Bu zararli illatlarga qarshi faqat oʻqib-izlanish, oʻz ustida ishlash, boʻsh vaqtlarni mazmunli tashkil etish, milliy urf-odatlarimizga sadoqatli boʻlish, diniy eʼtiqodidan qatʼiy nazar kishilarga hurmatda boʻlish bilangina kurasha olish mumkinligi borasida taʼkidlab oʻtdilar.

Tadbir davomida bilib-bilmay diniy ektremistik guruhlarga qoʻshilib, oqibatida oʻz hayotiga zomin boʻlgan yoshlar, davlatimizga qaytarilgan ayollar va bolalarning taqdiri aks etgan videoroliklar namoyish etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!