Yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash, ularni ta’limi bilan birga tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratish maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Unda viloyat hokimining oʻrinbosari Raxmatillo Arziyev, Viloyat bosh imom-xatibining oʻrinbosari Muxammadsodiq domla Moʻminov, Andijon davlat universiteti katta o‘qituvchisi Yusufxon Jaxongirov, Andijon davlat tibbiyot instituti O’quv ishlari bo’yicha prorektor Bahrom Abdullajonov ishtirok etdi.
Tadbirda so’z olganlar yoshlar o‘rtasida diniy bag‘ri kenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hozirgi kunda yoshlar orasida turli oqimlarga bilmasdan qo‘shilib ketish holatlari, dinlararo o‘zaro ishonch, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi insonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, teng huquqlik, tinchlik va totuvlik, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari borasida ma’lumot va tushunchalar berib o’tdilar.
Shuningdek, mavzu yuzasidan talabalarning fikrlari ham o’rganilib, ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.