Bayram bolajonlar bilan fayzli. Toʻylar tantanalarga ulanayotgan kezlarda “Yaxshi” MFYdagi ehtiyojmand oila farzandlarining 5 nafariga sunnat toʻyi oʻtkazildi. Unda mahalla faollari, hamkor tashkilotlar qatorida Andijon davlat tibbiyot institutining Stomatologiya fakulteti jamoasi ham munosib ishtirok etdi.
Toychoqlarni viqor bilan minib yurgan kichkintoylarga va ularning ota-onalariga institutimizning esdalik sovgʻalari taqdim etildi. Bayramona tuhfalar, ayniqsa jajjilarning koʻnglini togʻdek koʻtardi.