“Yosh volontyorlar” ko‘ngilli yoshlar guruhining targ‘ibot ishlari viloyatimiz bo‘ylab davom etmoqda. Ular bu gal Jalaquduq tumanidagi Kapa va Madaniyat MFYning Uchqo‘rg‘on, Kapa, Gulchilar, Sokinlik ko‘chalarida bo‘ldilar.
“Yosh volontyorlar” aholi bilan birma-bir suhbat olib borib, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, jamoat joylarida niqob taqib, ikki metr masofa saqlagan holda muloqot qilish borasida tushunchalar berib o‘tdilar.
Shuningdek, kasallikdan faqat vaksina qabul qilgandan so‘nggina xalos bo‘la olishimiz mumkinligi borasida ham ma’lumot berdilar. Sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilish borasida tarqatma matieriallarini ham tarqatdilar.