Jalaquduq tumanida oʻtkazilayotgan tibbiy-koʻrik 25-oilaviy poliklinikasida davom etdi. Andijon davlat tibbiyot institutining 16 nafar mutaxassislari tomonidan 584 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy-koʻrikdan oʻtkazildi va ularga kerakli maslahatlar berildi. Tekshiruv davomida sogʻligida muammosi boʻlgan 8 nafar fuqaroga viloyat davolash muassasalariga va 11 nafariga tuman tibbiyot birlashmasiga davolanish uchun yoʻllanmalar berildi. Uyida koʻrishga muxtoj boʻlgan 2 nafar bemorlarga joylarida tibbiy xizmat koʻrsatildi. Tadbir davomida 64 ta UTT, 58 ta EKG va 145 ta qon va peshob tahlillari oʻtkazilib, natijalari boʻyicha mutaxassis tavsiyalari berildi. Shuningdek, aholiga sogʻlom turmush tarzi va sogʻlom ovqatlanish boʻyicha tushunchalar berilib, koʻrgazmali bukletlar tarqatildi.